Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va ichki muammolar kuchaymoqda

Konyaspor bilan o'yindagi kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng Galatasaray ichida jiddiy muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, ushbu vaziyat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa hozircha izoh berishdan tiyilayotgani matbuot va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari juda shubhali ko'rinish olayotganini ta'kidladi.
Hozircha klub 55 ochko bilan chempionat peshqadami bo'lib turibdi, biroq 52 ochkoga ega va bitta o'yini zaxirada bo'lgan Fenerbahche ta'qibni yanada kuchaytirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!