Galatasarayda maoshlar to‘lanmay, klub ichida taranglik kuchaydi

Kon'yaspor maydonida kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng Galatasaray atrofida yoqimsiz xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada aytilishicha, bu muammo ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa vaziyat bo‘yicha izoh bermayotgani ommaviy axborot vositalari va muxlislar qiziqishini yanada oshirdi.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so‘nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta’kidladi.
Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. Biroq 52 ochkosi va zaxirada bitta o‘yini bor Fenerbahche yaqin orada unga yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing