date

FIFA Meksikadagi tartibsizliklar fonida xavotirga tushdi

FIFA Meksikadagi tartibsizliklar fonida xavotirga tushdi

Meksikada yuz bergan tartibsizliklar FIFAni jiddiy tashvishga soldi. Mamlakat JCh-2026 mezbonlaridan biri bo‘lsa-da, musobaqagacha hali vaqt bor, biroq qit'alararo pley-off o‘yinlarigacha atigi bir oy qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mart oyining oxirida aynan Meksikada Jahon chempionati – 2026 uchun ikki yo‘llanma qit'alararo saralashning hal qiluvchi styk o‘yinlari orqali taqsimlanishi kerak. Mamlakatdagi beqaror vaziyat davom etsa, FIFA uchrashuvlarni boshqa joyga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

The Touchline nashri jurnalist Alexandro Orvanyanosga tayanib, FIFA ichida xavotir kuchayayotganini ma'lum qildi. Vaziyat rivoji kuzatib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA Meksikadagi tartibsizliklar fonida xavotirga tushdi