date

Betis Sevilya derbisi oldidan ochiq mashg'ulotni takrorlaydi

Betis Sevilya derbisi oldidan ochiq mashg'ulotni takrorlaydi

Ispaniya chempionatining navbatdagi turida «Betis» «Sevilya»ga qarshi maydonga tushadi. Yevropaga yaxshi tanish bo'lgan bu derbi ikki ashaddiy raqibning to'qnashuvi sanaladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv arafasida «Betis» rahbariyati birinchi davrada omad keltirgan an'anani yana ishga solmoqda. O'shanda sevilyaliklar maydonida 2:0 hisobida g'alaba qozonilgan edi.

Gap shanba kuni o'tkaziladigan ochiq mashg'ulot haqida ketmoqda — istagan muxlislar stadionga kelib, jamoa tayyorgarligini tomosha qilishi mumkin. Birinchi davrada bunday mashg'ulotga 11 mingdan ortiq ishqiboz tashrif buyurgan.

Eslatib o'tamiz, derbi yakshanba oqshomida bo'lib o'tadi. Joriy mavsumda chempionatda «Betis»ning natijalari «Sevilya»nikiga qaraganda ancha yaxshiroq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Betis Sevilya derbisi oldidan ochiq mashg'ulotni takrorlaydi