Galatasarayda oyliklar bo'yicha muammo uch oydan beri davom etmoqda

«Konyaspor»dan kutilmagan mag'lubiyatdan keyin «Galatasaray» ichida jiddiy muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, klub futbolchilari maoshini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada kuchaytirdi.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari sezilarli darajada shubha ostida qolayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, jamoa 55 ochko bilan chempionat peshqadami bo'lib turibdi. «Fenerbahche»da 52 ochko bor va uning bitta o'yini zaxirada — bu esa peshqadamlik uchun kurashni yanada keskinlashtiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!