Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi va «Istanbul Bashakshehir» futbolchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng sermahsul oʻyinchi sifatida yetakchilikni qoʻlga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21-fevral holatiga koʻra, Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamgʻardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. U shu tariqa turnirning toʻpurarlari roʻyxatida ham birinchi oʻringa chiqdi.
«Galatasaray» yulduzlari bilan taqqoslaganda, Shomurodovning koʻrsatkichlari ancha yuqori. Mauro Ikardining barcha oʻyinlarda 13 ta goli bor, Viktor Osimhen esa milliy chempionat doirasida 9 ta gol bilan kifoyalangan.
Eslatib oʻtamiz, Shomurodov yetakchilik qilayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2026-yilda Shimoliy Amerikada oʻtadigan jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!