date

Keyn Gerd Myuller natijasini takrorlab, tarixga yaqinlashdi

Keyn Gerd Myuller natijasini takrorlab, tarixga yaqinlashdi

Germaniya chempionatining so‘nggi turida «Bavariya» Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda ingliz hujumchisi Garri Keyn ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim g‘alaba keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Keyn bundan avvalgi ikki o‘yinda ham dubl qayd etgandi: u «Hoffenhaym»ga qarshi bahsda ham, «Verder» bilan o‘yinda ham ikki tadan gol urgan.

2023 yildan beri Bundesligada to‘p surayotgan futbolchi bunday ketma-ket uch o‘yinda dubl seriyasini faoliyatida uchinchi marta takrorladi. Shu tariqa u «Bavariya»ning 60–70-yillardagi afsonaviy to‘purari Gerd Myuller ko‘rsatkichiga tenglashdi.

«Bavariya» tarixida esa bu kabi seriyani faoliyati davomida to‘rt marta qayd etgan yagona futbolchi Robert Levandovski hisoblanadi. Hozirda u Kataloniyaning «Barselona» klubi safida o‘ynamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keyn Gerd Myuller natijasini takrorlab, tarixga yaqinlashdi