Al-Hilol Karim Benzemani vaqtincha yoqotib qoʻyishi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashgʻuloti vaqtida son qismidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz hujumchisining «Al-Taavun»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvdagi ishtiroki katta soʻroq ostida turibdi. Benzema yaqin kunlarda tibbiy koʻrikdan oʻtadi va shundan soʻng uning tiklanish muddati aniq bo‘ladi.
Eslatib oʻtamiz, Benzema qishda «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga oʻtgandi. U yangi jamoa safida uchta oʻyin o‘tkazib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing