Al-Hilol Karim Benzemani jarohat sabab yo‘qotib qo‘yishi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashg‘uloti vaqtida son qismidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz hujumchisining «Al-Taavun»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushishi katta savol ostida. Benzema tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin tiklanish muddati bo‘yicha aniq ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Benzema bu qishda «Al-Ittihod»ni tark etib, «Al-Hilol»ga o‘tgandi. U yangi jamoa safida uchta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘lib ulgurgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing