Krishtianu Ronaldu Lindsi Vonnni qo'llab-quvvatladi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surayotgan futbol superyulduzi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik tog' chang'ichisi Lindsi Vonnni qo'llab-quvvatladi. Xabarlarga ko'ra, sportchi 2026 yilgi qishki Olimpiadada og'ir jarohat olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli portugaliyalik hujumchi Vonnning irodasini alohida ta'kidlab, u zabt etgan cho'qqilardan ham muhimroq narsa — uning kuchi ekanini yozdi. Ronaldu shuningdek, kurashni davom ettirish kerakligini, afsonalar esa har doim yana oyoqqa turishini qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2023 yil yanvaridan buyon Saudiya Arabistonida faoliyat yuritmoqda. Uning «Al-Nasr» bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi, hujumchining transfer qiymati esa 12 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!