Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik bor

Konyaspor bilan kutilmagan maglubiyatdan keyin Galatasaray atrofida noxush xabarlar tarqaldi. TR24 portali yozishicha, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, mazkur muammo uch oydan buyon davom etmoqda. Klub rahbariyati esa bu borada rasmiy izoh bermayotgani matbuot va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirdi.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy shubha ostida qolayotganini ta'kidladi.
Hozircha jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bitta o'yini bor Fenerbahche yetib olish xavfini kuchaytirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing