Marselda xakerlar hujumi klub inqirozidan ham ko'proq tashvish uyg'otdi

Fransuzning «Marsel» klubi og'ir davrni boshdan kechirmoqda: jamoa bir nechta musobaqalarda erta to'xtadi, bosh murabbiy bilan xayrlashdi, sport direktori esa ketishga urindi. Hatto qolgan taqdirda ham uning avvalgidek ishtiyoq bilan ishlashi shubha ostida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Muammolar buning bilan tugamadi. Kiberjinoyatchilar klubning rasmiy saytiga hujum uyushtirib, natijada sayt va klub bilan turli shaklda aloqada bo'lgan yuz minglab odamlarga oid shaxsiy ma'lumotlar internetga sizib chiqqani aytilmoqda.
Mahalliy OAV tezkor o'tkazgan so'rov natijalariga ko'ra, hozir «Marsel» muxlislarini sport va boshqaruvdagi beqarorlikdan ko'ra aynan xakerlik hujumining oqibatlari ko'proq xavotirga solmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing