date

Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Hansi-Diter Flik ayni paytda «Barselona»ni Ispaniya La Ligasi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Seshanba kuni germaniyalik mutaxassis 61 yoshni qarshilaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu munosabat bilan «Bavariya» ijtimoiy tarmoqlarda Flikka murojaat qildi va qisqa tabrik yo'lladi: «Tug'ilgan kuning bilan, Hansi».

Flik 2019–2021 yillarda Myunxen klubining bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. Uning qo'l ostida «Bavariya» ikki bor Bundesliga chempionligini qo'lga kiritdi, shuningdek Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya Superkubogi, UYEFA Superkubogi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionati trofeylarini yutdi.

Ma'lumot uchun, «Barselona» «Vilyarreal»ni fevral oyining so'nggi kunida o'z maydonida qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi