date

Marselni xakerlar hujumi natijalardan ko'ra ko'proq cho'chitdi

Marselni xakerlar hujumi natijalardan ko'ra ko'proq cho'chitdi

Fransuzning «Marsel» klubi og'ir davrni boshdan kechirmoqda: jamoa bir qator musobaqalardan erta chiqib ketdi, bosh murabbiy bilan yo'llar ajraldi, sport direktori esa klubdan ketishga urindi (hatto qolgan taqdirda ham, avvalgidek ishtiyoq bilan ishlashi qiyin). Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bunga qo'shimcha ravishda, internetdagi jinoyatchilar klub saytiga hujum uyushtirdi. Oqibatda sayt va klub bilan turli ko'rinishda aloqada bo'lgan yuz minglab odamlarning shaxsiy ma'lumotlari tarmoqqa sizib chiqqani aytilmoqda.

Mahalliy nashrlardan biri tezkor o'tkazgan so'rov natijasiga ko'ra, hozirda muxlislarni xakerlik mojarosi klubning sport va ma'muriy boshqaruvidagi beqarorlikdan ham ko'proq tashvishga solmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselni xakerlar hujumi natijalardan ko'ra ko'proq cho'chitdi