Marsel muxlislari uchun xakerlar hujumi maydondagi muammolardan ham og'ir

Fransiyaning «Marsel» klubi og'ir davrni boshdan kechirmoqda: turli musobaqalardan erta chiqib ketdi, bosh murabbiy bilan xayrlashdi, sport direktori esa ketishga urinib ko'rdi (hatto qolgan taqdirda ham, avvalgidek ishtiyoq bilan ishlashi qiyin). Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bunga qo'shimcha ravishda, noma'lum kiberjinoyatchilar klub saytiga hujum uyushtirdi. Oqibatda sayt va klub bilan aloqada bo'lgan yuz minglab foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari internetga sizdirilgani aytilmoqda.
Mahalliy nashrlardan biri tezkor o'tkazgan so'rov natijalariga ko'ra, hozir «Marsel» ishqibozlarini sport va boshqaruvdagi beqarorlikdan ko'ra, aynan xakerlik hujumi va ma'lumotlar xavfsizligi ko'proq tashvishga solmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing