Galatasarayda futbolchilarga maosh to'lashda jiddiy muammo bor

Konyaspora qarshi kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng Galatasaray ichidagi muammolar haqida gap-so'zlar kuchaydi. TR24 xabariga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rasmiylari esa vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani matbuot va muxlislar e'tiborini yanada oshiryapti.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari ancha shubha ostida qolayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, Galatasaray turnir jadvalida 55 ochko bilan peshqadam. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o'yini zaxirada qolgan Fenerbahche jamoasi uni quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing