Turkiyada o‘yinda darvozabon urgan to‘p chaykaga tegdi

Turkiyada «Mevlanakapy G'uzelxisar» hamda «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari uchrashuvida noodatiy holat kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda darvozabon to‘pni uzoqqa tepmoqchi bo‘ladi, biroq u maydon ustidan uchib o‘tayotgan chaykaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Voqeadan so‘ng ikkala jamoa futbolchilari ham darhol qush tomon yugurib boradi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan tezda vaziyatni anglab, chaykaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishadi.
Keyin futbolchi chaykani maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshiradi. Turkiyaning AA portali xabariga ko‘ra, chayka omon qolgan, bir muddat ucha olmaydi, ammo veterinarlarga topshirilgach asta-sekin sog‘ayib borishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing