Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik kuchaydi

«Konyaspor»dan kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng «Galatasaray» atrofida noxush xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, bu muammo ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayapti, bu esa OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta’kidladi.
Hozircha jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkoga ega va bitta o‘yini zaxirada bo‘lgan «Fenerbahche» uni quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing