Slutskining «Shanxay»i Osiyo Chempionlar Ligasida mag'lub bo'ldi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkonini boy bergan edi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish bo'ldi, biroq u ham samara bermadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yinda tayland klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi taymning avvalida ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi.
Ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir o'yinchisi chetlatilgach, maydonda son jihatdan kamchilikda qoldi va bu holat uchrashuvdagi intriga deyarli yo'qolishiga olib keldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!