Bavariya Noyer ketadigan bo'lsa, vorisini belgilab qo'ydi

Myunxenning «Bavariya» klubida darvozabon Manuel Noyerning kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Jamoa sardori bo'lgan tajribali posbon joriy mavsum yakunidan so'ng klubni tark etishi mumkin, u mart oyida 40 yoshga to'ladi va faoliyatini davom ettirish-ettirmasligi bo'yicha hali yakuniy qarorga kelmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bayern & Germany xabariga ko'ra, agar Noyer kelasi yozda ketadigan bo'lsa, uning o'rnini Jonas Urbik egallashi deyarli aniq: klub unga raqobatchi qidirmaslikka qaror qilgan. «Bavariya» yangi darvozabon olib kelishi mumkin, biroq u faqat zaxira varianti sifatida ko'rib chiqiladi.
Manuel Noyer 2011 yildan beri «Bavariya» safida to'p suradi. Joriy mavsumda u 28 o'yinda 27 ta gol o'tkazib yubordi.
22 yoshli Jonas Urbik esa bu mavsum 9 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol o'tkazdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!