date

Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

«Konyaspor»ga kutilmagan mag‘lubiyatdan keyin «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar e’tiborini yanada kuchaytirdi.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari katta savol ostida qolganini ta’kidladi.

Hozircha jamoa 55 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, biroq 52 ochkoga ega «Fenerbahche»da bitta o‘yin zaxirada va u raqibga tez orada yetib olishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi