Bavariya Noyer ketadigan bo'lsa, vorisini allaqachon tanladi

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Mart oyida 40 yoshga to'ladigan kapitan hozircha faoliyatini davom ettiradimi-yo'qmi, yakuniy qaror chiqargani yo'q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bayern & Germany xabariga ko'ra, agar tajribali posbon yozda ketadigan bo'lsa, klub uning o'rniga Jonas Urbigni asosiy darvozabon sifatida ko'rmoqda va unga raqobatchi izlamoqchi emas. «Bavariya» yangi posbonni olib kelishi ehtimoli bor, biroq u faqat zaxira varianti bo'ladi.
Manuel Noyer 2011 yildan beri «Bavariya» safida to'p suradi. U joriy mavsumda 28 uchrashuvda 27 ta gol o'tkazib yubordi.
22 yoshli Jonas Urbig esa bu mavsumda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol o'tkazdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing