date

Indzagi iste'fosi muhokamada, ammo murabbiy vazmin qolmoqda

Indzagi iste'fosi muhokamada, ammo murabbiy vazmin qolmoqda

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali biror marta mag'lub bo'lmadi, biroq so'nggi duranglar ketma-ketligi jamoani turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Repubblica xabariga ko'ra, mamlakatda Simone Indzagining bosh murabbiylikdan ketishi mumkinligi haqida gap-so'zlar kuchaygan. Xususan, «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya ko'zda tutilgan.

Qayd etilishicha, Simone Indzagi maoshi bo'yicha dunyoda Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Indzagi iste'fosi muhokamada, ammo murabbiy vazmin qolmoqda