Kudryashov Jikiya Antalyaspor asosiy tarkibiga tezroq qaytsin deydi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fyodor Kudryashov Georgiy Jikiyaning Turkiyadagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis Antalyaspor markaziy himoyachisi atrofidagi vaziyatni muntazam kuzatib borishini aytdi. Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi so‘nggi paytlarda o‘yin amaliyotisiz qolmoqda — agenti ta’kidlashicha, jamoa bosh murabbiyi Jikiyani hozircha eng yaxshi jismoniy holatda emas, deb hisoblayapti.
“Qachon o‘ynadi, qachon o‘ynamadi — hammasini kuzataman. Juda xohlayman, u imkon qadar tezroq asosiy tarkibga qaytsin. U bilan bog‘landimmi? Klubga o‘tayotgan paytida gaplashganmiz, hozir esa yo‘q”, — deya Kudryashovning so‘zlarini Metaratings.ru keltiradi.
Jikiya Antalyaspor safida 2025 yil yozidan buyon to‘p surmoqda. Joriy mavsumda Spartakning sobiq futbolchisi 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!