date

Al-Hilolda duranglar ko'paydi, Indzagi bosim ostida qoldi

Al-Hilolda duranglar ko'paydi, Indzagi bosim ostida qoldi

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali mag'lub bo'lmagan, ammo so'nggi turdagi ketma-ket duranglar jamoaning turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushib ketishiga sabab bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon’da Saudiya Arabistonida Simone Indzagining bosh murabbiylikdagi kelajagi muhokama qilinmoqda. Qayd etilishicha, «Al-Hilol» muxlislari orasida italiyalik mutaxassisga qarshi kayfiyat kuchaygan.

Biroq Indzagining o'zi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan avval bekor qilinsa, katta miqdordagi tovon puli ko'zda tutilgan.

Simone Indzagi maosh bo'yicha dunyodagi ikkinchi eng ko'p haq oladigan murabbiy sanaladi. Uning yillik oyligi 26 million yevroni tashkil etadi, ro'yxatda undan oldinda faqat Diyego Simeone bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilolda duranglar ko'paydi, Indzagi bosim ostida qoldi