Al-Hilolda duranglar ko'paydi, Indzagining kelajagi so'roq ostida

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hanuz mag'lubiyatsiz yuribdi, ammo so'nggi duranglar seriyasi jamoani turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, mamlakatda bosh murabbiy Simone Indzagini iste'foga chiqarish ehtimoli haqida gap-so'zlar kuchaygan. Ayniqsa, «Al-Hilol» muxlislari italiyalik mutaxassisga qarshi fikr bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan bo'lib, muddatidan avval bekor qilingan taqdirda katta miqdordagi tovon puli ham ko'zda tutilgan.
Ma'lum qilinishicha, Simone Indzagi dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!