date

Ribeyruning tovon bilan urgan goli Augsburgga g'alaba keltirdi

Ribeyruning tovon bilan urgan goli Augsburgga g'alaba keltirdi

Bundesliganing 24-turidagi start uchrashuvida formaga kirib olgan «Augsburg» o'z maydonida «Kyoln»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yin davomida xavfli vaziyatlar ko'p bo'lmadi, biroq birinchi bo'lib hisobni mehmonlar ochib ketishi ham mumkin edi: burchak zarbasidan uzatmadan so'ng Erik Martel bosh bilan darvozaga yo'llagan to'pini to'sin qaytardi.

55-daqiqada Noakay Benks jarima maydoniga to'p yetkazib berdi, Rodrigo Ribeyru esa tovon bilan juda chiroyli zarba berib, uchrashuvdagi hal qiluvchi gol muallifiga aylandi — 1:0.

Qo'shib berilgan vaqtning 6-daqiqasida «Augsburg» qarshi hujumni aniq yakunladi: Aleksis Klod-Moris yakuniy nuqtani qo'yib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.

Ushbu g'alabadan keyin «Augsburg» turnir jadvalida 9-o'rinda, «Kyoln» esa 12-pog'onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ribeyruning tovon bilan urgan goli Augsburgga g'alaba keltirdi