Slutskining Shanxayi ACLdagi so'nggi o'yinda yutqazdi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahsda Leonid Slutskiy jamoasi turnir bilan xayrlashish oldidan hech bo'lmasa ijobiy natija bilan "eshikni qarsillatib yopish"ga urinib ko'rdi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 2:0 hisobida Tailand klubi foydasiga hal bo'ldi. «Buriram Yunayted» dastlabki daqiqalardanoq bosimni kuchaytirib, 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta hisobni oshirdi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisi chetlatilgach, o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!