date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilari stavkalar sabab qamalishi mumkin

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilari stavkalar sabab qamalishi mumkin

Turkiyada «Galatasaray» va «Fenerbahche» safidagi ikki futbolchi sportga oid stavkalar bilan bogʻliq ish bo‘yicha qamoq jazosi xavfi ostida qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap «Galatasaray» futbolchisi Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Ularning biri 13 yilgacha, ikkinchisi esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Sabah nashri xabariga ko‘ra, Baltadji kamida ikki marta «Galatasaray» ishtirokidagi uchrashuvlarga pul tikkan. U o‘sha o‘yinlarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq qaydnomaga kiritilgani sabab natijaga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan, deyiladi.

Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, futbolchi tikish amalga oshirayotganda bukmekerga professional sportchi ekanini ma’lum qilishi shart edi, biroq u buni bajarmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilari stavkalar sabab qamalishi mumkin