G'alyardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim ketmaydi

Marselo G'alyardo murabbiy sifatida so'nggi uchrashuvini "Banfild"ga qarshi o'tkazdi. O'yinda "River Pleyt" 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uch mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyasiga nuqta qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalgi muvaffaqiyatsiz natijalar G'alyardoning lavozimidan ketishiga sabab bo'ldi, biroq klub unga munosib tarzda xayrlashish imkonini berdi. U esa o'yindan keyingi lahzalarda hissiyotlarini yashirmay, muxlislar oldida ta'sirli chiqish qildi.
"Hammaga shunchaki rahmat. Sizlarning mehringizni so'z bilan ifodalash qiyin. Men abadiy ketmayapman. "River"dan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli maskan: hatto ketsang ham, baribir klub bilan birga qolasan", — dedi G'alyardo ko'z yoshlarini tiya olmay.
Eslatib o'tamiz, Marselo 90-yillarda klub safida ham, Argentina terma jamoasida ham futbolchi sifatida to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!