Inter futbolchisi ijarada tizzasidan ogir jarohat oldi

Milanning «Inter» klubidan «Rasing Avelyaneda»ga ijara asosida o‘tgan hujumkor yarim himoyachi Valentin Karboni uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina OAV xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchida tizzaning oldingi xochsimon payi uzilgani aniqlangan. Tiklanish jarayoni olti-sakkiz oy davom etishi kutilmoqda.
«Rasing» Karbonini yanvar oyida «Inter»dan ijaraga olgandi va kelishuv joriy yil dekabr oxirigacha amal qiladi. Mavsumning birinchi yarmida u «Jenoa» safida 15 uchrashuvda maydonga tushib, bir gol muallifi bo‘lgan. Iqtidorli argentinalikning «neradzurrilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing