Ikardining agentlari Galatasaroy bilan kelajagini muhokama qiladi

“Galatasaroy” hujumchisi Mauro Ikardining agentlari futbolchining klubdagi istiqboli yuzasidan Istanbul jamoasi rahbariyati bilan muloqot o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar uchrashuvi aprel oyida bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, 33 yoshli argentinalikka qiziqish bildirayotgan klublar ham bor — ular Ikardini erkin agent sifatida shartnoma asosida tarkibiga qo‘shib olishga tayyor.
Hozirgi kelishuv “Galatasaroy” bilan 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Futbolchining bozor bahosi 6 million yevroga teng.
2025/2026 yilgi mavsumda Ikardi 36 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing