Ikarni agentlari Galatasaroy bilan kelajagini muhokama qiladi

Galatasaroy hujumchisi Mauro Ikarni vakillari futbolchining klubdagi istiqboli yuzasidan rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, muzokaralar Istanbul klubi rahbariyati bilan aprel oyida bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, 33 yoshli forvardga qiziqish bildirayotgan jamoalar ham bor: ular Ikarni erkin agent sifatida shartnoma taklif qilishga tayyor.
Ikarni Galatasaroy bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 6 million yevroga baholanmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda argentinalik hujumchi 36 uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing