Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavka mojarosi kutmoqda

Turkiyaning ikki grandi — Galatasaray va Fenerbahche vakillari noqonuniy stavkalar bilan bogʻliq ish bo‘yicha qamoq jazosi xavfi ostida qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap Galatasaray futbolchisi Metehan Baltadji hamda Fenerbahche sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid qilmoqda.
Sabah xabariga ko‘ra, Baltadji kamida ikki bor Galatasaray o‘yinlariga pul tikkan. U uchrashuvlarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq qaydnomadan joy olgani sabab natijaga bilvosita ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, professional sportchi bukmekerga o‘z maqomini oldindan bildirishi shart edi. Biroq futbolchi buni bajarmagani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!