date

Keyn dublidan so‘ng Levandovski rekordiga munosabat bildirdi

Keyn dublidan so‘ng Levandovski rekordiga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan keyin ham Robert Levandovskining rekordiga doir savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Polshalik forvard 2020/21 mavsumida Bundesligada 41 ta gol urib, «Bavariya» safida tarixiy natija qayd etgandi. Shanba kuni Keyn Dortmundning «Borussiya»siga qarshi bahsda dubl rasmiylashtirdi va mavsum yakuniga 10 tur qolganida uning hisobida 30 ta gol bor.

«Bilaman, har bir o‘yindan keyin Levandovski rekordi haqida so‘rashadi. Lekin oldinda hali ko‘p uchrashuv bor, eng muhimi — barqarorlikni saqlash. Aprel oxirida buning qanchalik real ekanini ko‘ramiz», — dedi 32 yoshli angliyalik futbolchi.

Dortmunddagi o‘yinda «Bavariya» 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida «ariqlar»dan ustunligini 11 ochkogacha oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keyn dublidan so‘ng Levandovski rekordiga munosabat bildirdi