OFK OAE va Katardagi Osiyo Chempionlar ligasi o'yinlarini ko'chirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) mintaqaviy Chempionlar ligasi doirasidagi qator uchrashuvlar boshqa muddatga qoldirilganini ma'lum qildi. O'yinlar Abu-Dabi, Dubay va Dohada o'tkazilishi kerak edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qarorga Eron, AQSh va Isroil o'rtasidagi harbiy keskinlik sabab bo'ldi. OFK bayonotida raketa zarbalari qo'shni mamlakatlar hududiga ham yetib borayotgani, u yerda AQSh bazalari joylashgani qayd etildi.
Konfederatsiya vaziyatni doimiy kuzatib borishini va futbolchilar, jamoalar, rasmiylar hamda muxlislar xavfsizligini ta'minlash masalasida qat'iy pozitsiyada qolishini bildirdi.
Uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari bo'lib o'tishi kerak edi. Hozircha o'yinlarning yangi sanasi yoki o‘tkaziladigan joyi e'lon qilinmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!