date

Ronaldu transfer kafolatlaridan so'ng kelajagini hal qildi

Ronaldu transfer kafolatlaridan so'ng kelajagini hal qildi

Krishtianu Ronaldu so'nggi paytlarda «Al-Nasr»ning bir nechta uchrashuvlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidan norozi ekanini bildirib qo'ydi. Shu fon’da portugaliyalik superyulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida gap-so'zlar ko'paygandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq 365Scores xabariga ko'ra, Ronaldu shartnomasi yakunigacha — ya’ni 2027 yil o'rtalarigacha — «Al-Nasr»da qolishga qaror qilgan. Manbada aytilishicha, hujumchiga Saudiya Arabistoni investitsiya fondi vakillari top darajadagi futbolchilarni olib kelish bo'yicha aniq kafolatlar bergan.

Ayni paytda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi «Al-Ahli» ikki ochko ortda, uchinchi «Al-Hilol» esa uch ochko kam jamg'argan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu transfer kafolatlaridan so'ng kelajagini hal qildi