date

Al-Nasr murabbiyi Ronaldu jarohati haqida gapirdi

Al-Nasr murabbiyi Ronaldu jarohati haqida gapirdi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoa yetakchi hujumchisi Krishtianu Ronaldu olgan jarohat yuzasidan fikr bildirdi. 41 yoshli futbolchi «Al-Feyha»ga qarshi uchrashuv (3:1) davomida shikastlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, Ronaldu mushaklarida og'riq sezgan va jamoa tavakkal qilmaslik uchun uni maydondan olgan. Endi klub shifokorlari jarohatning qanchalik jiddiy ekanini aniqlab beradi.

Eslatib o'tamiz, o'sha bahsda portugaliyalik yulduz 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmagan.

Joriy mavsumda Ronaldu «Al-Nasr» safida 26 o'yinda qatnashib, 22 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronaldu jarohati haqida gapirdi