Real va Xetafer o'yinida favorit kim bo'ladi

Ispaniya chempionatining 26-turi bugun, 2 mart kuni “Real” – “Xetafer” uchrashuvi bilan yakunlanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bukmekerlar va tahlilchilar bahosiga ko'ra, madridliklarning g'alaba qozonish ehtimoli 72,3% deb ko'rsatilgan. Durang natija 18,8% atrofida, mehmonlar yutishi esa 8,9% ehtimol bilan baholanmoqda.
Jamoalar o'rtasidagi so'nggi to'qnashuv 2025 yil 19 oktyabrda bo'lib o'tgan va unda “Real” 1:0 hisobida minimal ustunlik bilan zafar quchgan.
“Real” – “Xetafer” bahsining jonli translyatsiyasi sport portalimizda namoyish etiladi. Boshlang'ich hushtak 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing