Nagelsmann Noyerning qaytishi haqidagi gaplarga aniqlik kiritdi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann darvozabon Manuel Noyerning terma jamoaga ehtimoliy qaytishi borasidagi muhokamalarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
OAVda hanuz «Bavariya» sardori bo‘lgan, 40 yoshni qarshi olish arafasidagi Noyerni yana bundes jamoaga chaqirish mumkinligi haqida gaplar davom etmoqda. Ayrimlar tajribali posbon Jahon chempionati oldidan Germaniyaning darvozabon masalasiga yechim bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
«Men bu masalada o‘z pozitsiyamni aniq aytganman, Manu ham buni ravshan bildirgan. U terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan. Hozir ham “Bavariya”da vazifasini juda yaxshi bajaryapti, ammo bizda Baumann degan boshqa zo‘r darvozabon bor. Agar Oli shu darajada o‘ynashda davom etsa, Jahon chempionatini a’lo o‘tkazadi», — dedi Nagelsmann Kicker bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, Manuel Noyer 2024 yilda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!