Davide Frattesi transferi atrofidagi mojaro hal etildi

Inter va Latsio Davide Frattesi transferi bo'yicha kelishuvni o'zgartirib, yuzaga kelgan muammoni hal qildi. Dastlab futbolchi 1 million yevro evaziga ijaraga olinishi va 14 million yevroga sotib olish majburiyati belgilanishi kerak edi, biroq A Seriya rahbariyati Latsioning moliyaviy cheklovlari sabab bitimni blokladi. Yangi kelishuvga ko'ra, ijara haqi 5 million yevroga oshirildi, sotib olish opsiyasi esa 10 million yevro plyus bonuslar etib belgilandi.
Futbol olamida transfer oynasining soʻnggi kunlari koʻpincha kutilmagan vaziyatlarga boy boʻladi. Goal.com xabar berishicha, Italiya chempionatida Inter va Latsio klublari oʻrtasida yarim himoyachi Davide Frattesi transferi boʻyicha keskin vaziyat yuzaga kelib, soʻnggi daqiqalardagina oʻz yechimini topdi. Tomonlar dastlab kelishuvga erishgan boʻlishiga qaramay, rasmiy idoralarning aralashuvi barchasini oʻzgartirib yubordi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, Inter va Latsio klublari futbolchining transferi borasida 13-avgust kuni dastlabki kelishuvga erishgan edi. Unga koʻra, Davide Frattesi Rim klubiga 1 million yevro evaziga ijara asosida oʻtishi, shuningdek, 14 million yevro evaziga sotib olish huquqi koʻzda tutilishi rejalashtirilgandi. Bu band Latsio A Seriyada 10-oʻrinni egallasa yoki futbolchi muayyan oʻyinlar sonida maydonga tushsa, majburiy xaridga aylanishi kerak edi. Shuningdek, Inter kelgusidagi sotuvdan 50 foiz ulush olish huquqini ham saqlab qolgan edi.
Transferdagi toʻsiq va yuzaga kelgan shartnoma oʻzgarishlari
Biroq 14-avgust kuni tongda A Seriya rahbariyati ushbu bitimni bloklab qoʻydi. Latsio klubining transfer faoliyati hozirda cheklangani va moliyaviy balandlikni nolga keltirishi shartligi sababli muammo kelib chiqdi. Via Rosellini idorasining eʼtirozi aynan sotib olish majburiyati shartiga qaratilgan edi. Klaudio Lotito boshchiligidagi klub 14 million yevrolik majburiyat ishga tushgach, transfer davri uchun nol balansni oldindan kafolatlay olmas edi.Moliyaviy koeffitsientlar va tarkib narxi meʼyori bilan bogʻliq muammolar tufayli kelishuv toʻxtab qoldi. Shu boisdan Inter rahbariyati va shaxsan Juzeppe Marotta vaziyatdan jiddiy noroziligini bildirgan. Futbolchi va uning agentlari esa Milandan Rimga uqishga tayyor turgan vaqtda aeroportda qolib ketishgan va bron qilingan reys ularsiz uchib ketganini kuzatishga majbur boʻlishgan.
Yangi formula va yakuniy kelishuv
Latsio rahbariyati vaziyatni yumshatish maqsadida tezkor muzokaralarga kirishdi va muammoni hal qilishning yangi formulasini ishlab chiqdi. Natijada tomonlar kelishuv shartlarini oʻzgartirishga muvaffaq boʻlishdi va Davide Frattesining Rimga uchishiga ruxsat berildi.Yangi kelishuvga koʻra, transfer quyidagi shartlar asosida amalga oshirilmoqda:
- Ijara haqi 1 million yevrodan 5 million yevroga oshirildi;
- Sotib olish opsiyasi 14 million yevrodan 10 million yevro plyus bonuslarga tushirildi;
- Kelgusidagi transferdan tushadigan foydaning 50 foizi Inter klubida qolishi oʻzgarishsiz qoldirildi.






























Izohlar 0
…