12:09 / 16.05.2020
1 898

«Ipak Yo‘li» banki Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan shartnoma imzoladi

«Ipak Yo‘li» banki Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan shartnoma imzoladi
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) «Ipak Yo‘li» AIT bankiga tavakallichilikni boshqarish hamda milliy valyutada kreditlashni oshirish bo‘yicha ko‘maklashadi.

Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va «Ipak Yo‘li» AITB O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydigan kichik va o‘rta biznesni milliy valyutada moliyalashtirish hajmini oshirishga va xorijiy valyutadagi tavakkalchiliklarni samarali boshqarishga imkon beradigan shartnoma imzoladi.

Ushbu shartnomaga muvofiq, XMK va «Ipak Yo‘li» banki valyuta svop operatsiyalarini Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (ISDA) umumiy shartnomasiga (birjadan tashqari derivativ operatsiyalarni tartibga solish uchun standart hujjat) muvofiq amalga oshiradi. Mazkur shartnoma xorijiy valyutadagi mablag‘larni hedjirlash (sug‘urtalash) va aktivlar va passivlarni samarali boshqarishga imkoniyat yaratib beradi. XMK O‘zbekistondagi mahalliy banklarga tavakkalchilikni boshqarish vositasini taqdim etayotgan yagona xalqaro moliya muassasasi hisoblanadi.

«Mazkur shartnoma «Ipak Yo‘li» banki tomonidan derivativ moliyaviy vositalardan foydalanish orqali bankning resurs hajmini kengaytirishni ko‘zda tutuvchi imzolangan ilk shartnomadir. XMK bilan hamkorligimiz moliyaviy tavakkalchilikni qisqartirish orqali mijozlarimizga milliy valyutada kredit taqdim etishni kengaytirishga va xorijiy valyutadagi tavakkalchiliklarni samarali boshqarishga imkon beradi», - deya ta’kidlagan «Ipak Yo‘li» AITB Boshqaruv raisi Saidabror Saydaxmedov.

XMKning Mazrkaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha menejeri Kassandra Kolbert shunday izoh berdi: «Mazkur shartnoma XMKning hamkor moliyaviy muassasalari bilan birdamligini va har qanday sharoitda ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ko‘rsatadi. «Ipak Yo‘li» banki xorijiy valyutadagi tavakkalchiliklarni samarali boshqarish va moliyalashtirishga muhtoj bo‘lgan korxonalarga milliy valyutada kreditlashni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa, hozirgi vaqtdagi COVID-19 pandemiyasi sababli yuzaga kelgan inqirozning salbiy ta’sirlarini yumshatish uchun juda muhim hisoblanadi».

XMK O‘zbekistondagi yirik xususiy banklardan biri bo‘lgan «Ipak Yo‘li» banki bilan hamkorlik qilib, 2018 yildan buyon bankga milliy vaylutaga ayirboshlash imkoniyatini yaratgan holda umumiy qiymati 15 million AQSH dollariga teng bo‘lgan kredit mablag‘larini taqdim qilgan.

Xalqaro moliya korporatsiyasi haqida

Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi rivojlanayotgan iqtisiyodlarda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi eng yirik global muassasadir. Biz butun dunyo bo‘ylab 2000 dan ortiq xususiy korxonalar bilan ishlaymiz va o‘z kapitalimiz, tajribamiz va nufuzimizdan foydalanib, ularga eng zarur bo‘lgan yangi bozor va imkoniyatlarni yaratib beramiz. 2019-moliyaviy yilida biz rivojlanayotgan mamlakatlarga umumiy qiymati 19 milliard AQSH dollaridan ortiq miqdorda uzoq muddatli kredit mablag‘larni ajratib berdik, bu orqali esa qashshoqlikni bartaraf etish va farovonlikni oshirish uchun kuchli xususiy sektorning salohiyatini yaratish imkonini taqdim qila oldik. Batafsil ma’lumot bizning saytimizda: www.ifc.org.

«Ipak Yo‘li» AITB haqida

1990 yilda tashkil etilgan «Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovatsion tijorat banki O‘zbekistondagi birinchi xususiy bank hisoblanadi. O‘zbekistonning sakkizta hududida joylashgan 16 ta filial va 36 ta ekspress-markazlari orqali yakka tartibdagi va korporativ mijozlarga keng turdagi bank xizmatlarini taqdim etmoqda. «Ipak Yo‘li» banki doimiy ravishda o‘z biznesini rivojlantirishga, mijozlar bazasini kengaytirishga, bankning hududiy ishtirokini oshirishga, har bir mijozning ehtiyojlarini qondirish uchun xizmatlar soni va turlarini ko‘paytirishga intiladi.

Reklama huquqi asosida

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Ipak Yo‘li» banki Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan shartnoma imzoladi