Turkiya 2027 yilda ilk bor Oyga kosmik apparat yubormoqchi

1 daqiqa o'qish136
Turkiya 2027 yilda ilk bor Oyga kosmik apparat yubormoqchi

Turkiya 2027 yilning dastlabki oylarida Oyga o‘zining ilk kosmik apparatini yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 13 avgust kuni mamlakat sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fotih Kajir ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, «Milliy texnologik hamla» dasturida kosmik soha muhim o‘rin tutadi. Uning ta’kidlashicha, kosmik va unga oid texnologiyalar nafaqat ilm-fan, balki mudofaa sanoati uchun ham strategik ahamiyatga ega.

Turkiya so‘nggi yillarda BİLSAT, RASAT, GÖKTÜRK-2, Türksat 6A va İMECE kabi sun’iy yo‘ldosh loyihalarini amalga oshirib, kosmik texnologiyalar bo‘yicha salohiyatini oshirgan.

Kajirning ma’lum qilishicha, turkiyalik muhandis va olimlar hozirda mamlakatning o‘z Oy apparatini yaratish ustida ishlamoqda. Qurilma mahalliy ishlab chiqilgan gibrid raketa dvigateli bilan jihozlanadi va uning parvozi uchun belgilangan barcha asosiy sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangan.

Vazir Turkiyaning kosmosga mustaqil chiqish imkoniyatini strategik maqsad sifatida ko‘rayotganini bildirib, raketa texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, mamlakat kelgusida boshqariladigan kosmik missiyalarni davom ettirish, yangi xalqaro kosmik stansiyalar loyihalarida texnologik hamkor sifatida qatnashish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Tadbirda bir guruh odamlar jurnalistlarga intervyu bermoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?