Dam olish kunlari O‘zbekistonda issiq havo saqlanib qoladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda issiq havo saqlanib qoladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari ham issiq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, kunduzgi havo harorati 37–40 daraja atrofida bo‘ladi, janubiy va cho‘l hududlarining ayrim joylarida esa 41–43 darajagacha ko‘tariladi.

16 avgust kuni jazirama biroz chekinib, havo harorati 2–3 darajaga pasayishi kutilmoqda. Kechalari harorat 21–26 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublika hududlarida havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Biroq 14 avgust kuni kunduzi tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Ayrim hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ba’zi joylarda kuchli shamol chang-to‘zon bilan birga kuzatilishi ehtimoli bor.

Toshkent shahrida ham dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari havo 23–26 daraja, kunduz kunlari esa 14–15 avgustda 38–40 daraja, yakshanba kuni 36–38 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim paytlarda 10–14 m/s gacha kuchayishi va shaharning ba’zi hududlarida chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar