15 avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

15 avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

O‘zgidromet 15 avgust kuni O‘zbekiston hududlarida kutilayotgan ob-havo prognozini ma’lum qildi. Mutaxassislar ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 38-40 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27 daraja, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar