Barchangiz "Million" guruhining oxirgi chiqishini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.
O‘z yumorlari orqali jamiyatimizdagi muammolarini ko‘tarib chiquvchi ushbu guruh uchun futbol mavzusi ham begona emas. Xususan, guruhning bu yilgi konsertida dastlabki sahna ko‘rinishiyoq futbol muammosi kulgi ila ko‘rsatildi.
Ko‘rgan bo‘lsangiz, Braziliya va O‘zbekiston milliy terma jamosi futbolchilarining rolini o‘ynagan yigitlar dastavval o‘z yurtlari haqida ta’rif berib bahs boshlashadi. "Braziliyalik"lar o‘z termasining besh karra jahon chempioni ekani, ularda "Marakana" stadioni borligi-yu, mashhur futbolchilari haqida aytgan gapiga, "O‘zbekistonlik" futbolchi bir xil tarzda "Bizda "Bunyodkor" stadioni bor" deya javob beradi. Kulguli, lekin o‘yga soladigan holat. Rostdan ham bizning boshqa maqtanadigan joyimiz yo‘qmi?
Maktab davrimda televizor orqali qiziqarli futbol o‘yinlari namoyish etiladigan bo‘lsa, qilinishi kerak bo‘lgan uyga vazifalar men uchun ikkinchi planga tushib qolardi. Lekin futbol ko‘rish orqali o‘z-o‘zidan ba’zi fanlarni o‘zlashtirgan edim. Masalan, geografiya fani. Futbolga qiziqishim ortgani sari Jorj Vea sabab Liberiya davlatini, Duayt York tufayli Trinidad va Tobago degan davlatlarni o‘zim uchun kashf etganman.
Futbol bu shunday o‘yinki, unda birgina futbolchi sabab butun bir davlat ko‘z oldingizga kelishi mumkin. Ayrim davlatlar bor, ularni jahon xaritasidan topishning o‘zi mushkullik tug‘dirsa-da, mashhur futbolchisi orqali bilib olamiz.
Xo‘sh, bizda-chi? Terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqa olmayotganiga yarasha dunyo taniydigan futbolchimiz bormi? Afsuski, yo‘q. Mirjalol Qosimov, Maksim Shatskix, Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov kabi futbolchilarimizni ham sobiq ittifoq va Osiyo davlatlaridan boshqa joyda tanishligiga ishonish qiyin. Shu vaqtga qadar "Kuchli beshlik"da bir futbolchimizning sanoqli daqiqalar o‘ynaganini aytmasa, bu borada ishlar ancha chatoq ekanini ko‘rish mumkin.
Aytaylik, bizni so‘nggi ikkita jahon chempionatidan mosuvo qilgan Janubiy Koreya futbolchilari uchun allaqachon Angliya va Germaniya kabi chempionatlar oddiy hol bo‘lib ulgurgan. Biz esa chempionatimizdagi biror futbolchiga Rossiya klubi qiziqsa, do‘ppimizni tepaga otgudek xursand bo‘ladigan holga keldik. Baxtimizga Osiyo futbol konfederatsiyasi 2009 yildan boshlab milliy chempionatlar uchun osiyolik futbolchilarga atalgan +1 limiti joriy etgan ekan, har holda futbolchilarimiz Osiyoning kuchli birinchiliklarida to‘p surishyapti. Lekin bu ham vaqincha bo‘lishi mumkin, sababi bu mavsumdan Xitoy chempionatida yo‘qqa chiqqan osiyolik futbolchi qonuni, kelasi mavsumdan BAA va Qatarda ham bekor bo‘lishi kutilmoqda.
Demak, futbolimiz yo‘lida allaqachonlar qilinishi kerak bo‘lgan islohotlarni (bolalar futboli, oliy va birinchi liga saviyasi) amalga oshirmasak, futbolchilarimizni Yevropa maydonlarida ko‘rish orzuligicha qolib ketib, nafaqat sahnada, balki real hayotda ham quruq stadionlar bilangina maqtanib qolishimiz mumkin.
Maqsud Yahyoyev
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
O‘zbekiston mehnat bozorida talab eng yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar aniqlandi