date

"Qizilqum"ning mag‘lubiyatsiz yurishi Qo‘qonda to‘xtatildi...

"Qizilqum"ning mag‘lubiyatsiz yurishi Qo‘qonda to‘xtatildi...

O‘zbekiston chempionati doirasidagi 21-tur uchrashuvlari qizg‘in davom etmoqda. Qo‘qon shahrida «Qo‘qon-1912» o‘z uyida «Qizilqum»ni qabul qildi va muxlislar kutganidek dramatik va qiziqarli bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Maydon egalari bahsni faol boshlab, 16-daqiqada Datsi Keleydi penaltidan hisobni ochdi. Ammo ko‘p o‘tmay, 28-daqiqada mehmonlar safida Islom Kenjaboyev javob golini urdi va hisobni tenglashtirdi. Shiddat bilan kechgan bahsda ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilanyoq Muhammadanas Hasanov 47-daqiqada gol urib, qo‘qonliklarga g‘alabani ta’minlab berdi.

Eng qizig‘i shundaki, ushbu yutuq «Qizilqum»ning to‘qqiz uchrashuvdan beri davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi. Navoiyliklar oxirgi marta 6-iyunda «Xorazm»ga yirik 0:3 hisobida yutqazgan edi.

Bu muvaffaqiyatdan so‘ng «Qo‘qon-1912» o‘z ochkolarini 21 taga yetkazib, turnir jadvalida 12-pog‘onaga ko‘tarildi. «Qizilqum» esa 26 ochko bilan hozircha 8-o‘rinda qolmoqda.

Superliga. 21-tur. 13 sentyabr

"Qo‘qon-1912" — "Qizilqum" 2:1

Gollar: Keleydi 16 (pen), Hasanov 47 — Kenjaboyev 28.

"Qo‘qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov (6.Alisher Salimov, 80), 5.Jasurbek Yoqubov, 7.Shota Gvazva, 10.Shoxruh Gadoyev (20.Iqboljon Malikjonov, 62), 17.Kleydi Datsi (9.Javohir Husanov, 71), 19.Shahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Abror Karimov, 44.Andro Giorgadze, 78.Abdug‘afur Haydarov (14.Jasur Xolto‘rayev, 80).

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov (s), 5.Dilshodjon Komilov, 8.Shaxzodbek Rahmatullayev (7.Davron Anvarov, 75), 9.Islom Kenjaboyev, 11.Jambuli Jigauri (20.Bobomurod Bozorov, 83), 15.Nikola Kumburovich, 16.Asror G‘ofurov, 23.Samandar Shukurullayev, 70.Shoxro‘z Norxonov (10.Roman Papariga, 58), 77.Fayzullobek Jumanqo‘ziyev (19.Ilxomjon Kenjayev, 75), 88.Dushan Miyich.

Ogohlantirishlar: Nikola Kumburovich 39, Fayzullobek Jumanqo‘ziyev 45+2, Shohruz Norxonov 56.

Shu tariqa, Qo‘qonda muxlislar ko‘pdan kutilayotgan g‘alabaga guvoh bo‘lishdi. Endilikda «Qo‘qon-1912» uchun bu yo‘lning boshlanishi, navbatdagi turlardagi o‘yinlar esa ularning chempionatda qay darajada kuchli o‘rin egallashini belgilab beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Qizilqum"ning mag‘lubiyatsiz yurishi Qo‘qonda to‘xtatildi...