date

Ronaldu «Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini oldi

Ronaldu «Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini oldi

Portugaliya terma jamoasi sardori va Saudiyaning «Al-Nasr» klubi yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir nufuzli mukofotga ega chiqdi. U Portugaliya Ligasi tomonidan o‘tkazilgan taqdirlash marosimida «Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi» sovriniga munosib ko‘rildi.

Marosimda e’lon qilingan bayonotda ta’kidlanishicha, 40 yoshli Ronaldu butun boshli bir davrni belgilab bergan, jahon futboli tarixida o‘chmas iz qoldirgan va avlodlarga ilhom manbai bo‘lib kelayotgan futbolchi sifatida tarixda qoladi.

Futbolchi marosimda shaxsan ishtirok etmadi, biroq tashkilotchilar Ronaldu sovrin bilan turib nutq so‘zlagan videomurojaatini namoyish qildi. U nutqida o‘zini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislariga va terma jamoasi bilan klublarida birga harakat qilgan jamoadoshlariga chuqur minnatdorlik izhor etdi.

Krishtianu Ronaldu — futbol tarixida eng ko‘p shaxsiy sovrinlarni qo‘lga kiritgan sportchilardan biri. U France Football tomonidan beriladigan eng nufuzli individual mukofot — «Oltin to‘p»ning besh karra sohibi hisoblanadi. Shu bilan birga, u Yevropa chempionatlari va Chempionlar Ligasida ko‘p marta g‘olib chiqqan, turli musobaqalarda eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.

Eng e’tiborli jihati shundaki, Ronaldu futbol tarixida eng ko‘p gol urgan rekordchi sifatida qayd etilgan. Uning shaxsiy hisobida 943 ta gol mavjud. Bu ko‘rsatkich jahon futbolida mutlaq rekord hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu «Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini oldi