1 016
"Rostov"da Karpin to‘g‘ri ovqatlanish haqida ko‘p gapirardi. Bu narsa menga Italiyada juda asqotdi" - Eldor Shomurodov
Yaqinda Championat.asia ofisiga tashrif buyurgan Igor Rabiner O‘zbekiston terma jamoasi forvardi bilan uchrashdi.
O‘zbeklar futbolda islandiyaliklar singari hayqirishadi
O‘zbekistonda, yo‘q-yo‘q, ehtimol butun Markaziy Osiyoda Namangandagidek qaynoq harorat bag‘ishlaydigan va sershovqin muxlis bo‘lmasa kerak. Agarda mamlakat poytaxti Toshkentda futbol uchrashuviga uch-to‘rt ming kishi tez-tez tashrif buyuradigan bo‘lsa (poytaxt shaharlarda bo‘lgani singari bu yerda boshqa ko‘ngilochar tadbirlar ham o‘tkaziladi), haqiqiy futbol tuhfa etadigan "Navbahor"ning o‘yinida muntazam ravishda kamida 20 000 kishi to‘planadi. Tribunadagi hayqiruvchi tomoshabinlar esa yevropalik muxlislardan ham o‘tib tushadi.
80 yildan ko‘proq vaqt ilgari buvim va amakim Ulug‘ Vatan urushi paytida evakuatsiya qilingan bu kabi olis manzildan qo‘nim topgan hududlarga kelaman deb o‘ylamagandim. Mana endilikda Farg‘ona vodiysiga "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovning O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qirg‘izistonga qarshi o‘yinini jonli ko‘rish uchun keldim va bundan juda xursandman.
Negaki, O‘zbekiston poytaxtidan qor bilan qoplangan tog‘li dovondan avtomobilda to‘rt soatdan ortiq yo‘l bosib o‘tishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu yerning insonlari mehmondo‘st. Sizni Igor aka deb chaqirishsa yoqimli eshitiladi: O‘zbekistonda bu qo‘shimcha yoshi katta hamda hurmatli kishilarga nisbatan murojaat qilishda ishlatiladi.
Namanganda Navro‘z kubogi uchun o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng ikki markaziy tribuna tomoshabinlari ham xuddi Yevro-2016'dagi islandiyaliklar kabi "U! U! U!" deya hayqirishdi va mezbon jamoaning barcha ishqibozlari qo‘llarini yuqoriga ko‘tardilar. Ko‘pchilik tomonidan mobil telefon chiroqlarining yoqilishi ham o‘zbek futbol ixlosmandlari uchun yangilik emas.
Mana keksa muxlis tribunadan chiqib, bir yarim soat davomida o‘z vazifasini sidqidildan bajargan militsionerning qo‘lini siqib qo‘yadi. Buni yana qayerda ko‘rish mumkin? Bu yerda ham mezbon, ham mehmon muxlislarning barabanchilari bor. Men matbuot uchun tashkillashtirilgan bir qator yirik monitorlarni ko‘rganimda, hayratdan yoqa ushladim. Siz bu narsalarni RPLda topa olmaysiz.
O‘yin davomida kulgimni qistagan hodisa sodir bo‘ldi: ro‘paramdagi tribunadagilar tojikistonlik hakamning bir vaziyatdagi qaroridan norozi bo‘lishdi va o‘n ming o‘zbek bir ovozdan sof ruscha ovozda barchaga ma’lum bo‘lgan qo‘shtirnoq ichidagi hayqiriqlarni ayta boshlashdi. hakamni noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyada ayblash! Qo‘shni sektordagi o‘rindiqlarda o‘tirganlar hayron bo‘lishgancha, "Ular rus tilida nimanidir bilishlari fakt emas, lekin bu mana bunga gap yo‘q!" deb qo‘yishdi. Darvoqe, Toshkentdagilar rus tilida binoyidek gaplashishadi.
Shunday qilib, qadimgi sovet an’analari Osiyoning markazida hali ham saqlanib qolgan. Hakam ham xalqning bu ovozini yaxshi eshitganiga shubha yo‘q. Xo‘sh, bunday lingvistik syurprizdan so‘ng, 1:1 hisobida davom etayotgan bahsda hal qiluvchi ikkita golini zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeyev ismli forvard kiritishi ajablanarli emasmi? Ona tili ilhom bag‘ishlamasmikan?
Shomurodov haqida hujjatli film suratga olinmoqda
Qahramonimiz o‘yin boshida qirg‘izistonliklar tomonidan urilgan golga javob qaytarib, hisobni tenglashtirdi. Ammo buning uchun u ko‘p mashaqqat chekdi. Misol uchun, taym oxiriga kelib uning oyoqlariga qattiq zarba berishdi, shundan so‘ng u uzoq vaqt o‘rnidan turolmadi. Tribunadagilar esa unga qarata "Eldor! Eldor!" deya baqirishdi. U o‘rnidan turib, maydon bo‘ylab qiyinchilik bilan qadam tashlay boshlaganida rus tilida hayqiriqlar yangradi: "Molodes! Mujik!"
Buni eshitish yoqimlimi? Ertasiga forvarddan so‘rayman.
- Albatta. Meni butun O‘zbekistonda yaxshi ko‘rishlarini his qilaman.
- Nima uchun?
- Chunki ular futbolni yaxshi ko‘radilar. Odamlar Yevropada o‘ynashimdan mamnun.
Bir necha kun avval Eldor haqida jahon chempionati final bosqichida boshqargan o‘yinlar soni bo‘yicha jahon rekordchisi – 3 ta turnirda 11 ta o‘yin o‘tkazgan taniqli hakam Ravshan Ermatov bilan suhbatlashgan edik. Ermatov 2019 yildan buyon O‘zbekiston futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Albatta, Shomurodov mavzusiga to‘xtalmay ilojimiz yo‘q edi.
– Afg‘oniston bilan chegaradosh olis Jarqo‘rg‘on shahridan "Roma" va asriy Rim shahriga qanday borish mumkin?
- Hozirda bu haqda yosh futbolchilarimizni ruhlantirishi kerak bo‘lgan hujjatli film suratga olyapmiz. Ular ba’zan o‘zlariga ishonmaydilar, Eldor esa hamma narsa bo‘lishi mumkinligini isbotladi. Agar sizda xarakter, orzuga intilish, o‘z ustingizda doimiy ishlash va fidoyilik bo‘lsa, bunga erishish mumkin. Uning faoliyati har doim ham bir tekisda o‘tmagan, lekin metin iroda doimo u bilan bo‘lgan va shu narsa uni hech qachon to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymagan. Menimcha, bu chegara emas, u hali ham o‘sish salohiyatiga ega.
- Rostovdagi bir necha yil Shomurodovning rivojlanishi uchun ko‘p narsa bera oldimi?
- Menimcha, ha. Bu uning faoliyatidagi muhim bosqich edi. Rossiya chempionati qiziqarli va harakatlanishga talabchan bo‘lib, bu uning yanada o‘sishiga yordam berdi, Yevropaga ketish uchun tramplin vazifasini bajardi. Chiniqish, karerasidagi keyingi qadamni tashlashni "Rostov"da o‘rgandi.
- O‘z vatanini hech qayerga tashlab ketmaydigan 90 foiz rossiyalik futbolchilardan ko‘ra Shomurodovni ambitsiyali futbolchi deyish mumkinmi?
- Men ularni solishtirmoqchi emasman. Aytmoqchimanki, Apennin yarim oroliga borish qarori, keyin esa u yerdagi muvaffaqiyatli davr Eldorning hayotdagi qiyinchiliklardan qo‘rqmasligini aks etadi. Italiyada bo‘lganida, u dunyoning eng yaxshi ligalaridan birida to‘p tepadigan futbolchi bu masalaga qanday yondashishi kerakligini anglab yetdi. Bu tajriba hozirda terma jamoaga foyda keltiradi.
Ammo hozirda "Roma"da anchadan beri gol ura olmagan va Joze Mourino tomonidan zaxira o‘rindig‘iga o‘rnashgan Shomurodov qiynalmoqda. Terma jamoada gol urishi uning uchun juda zarur edi. Qolaversa, o‘yinga Eldorning otasi ham tashrif buyurgandi. Qanday qilib uning ko‘nglini og‘ritish mumkin? Bu o‘zbeklarga xos emas, bu yerda kattalarga hurmat degan tushuncha bor.
Ular menga tushuntirganidek, bu erda nafaqat ota-onalar, balki yoshi katta kishilarga ham "siz" deya murojaat qilinadi. Shomurodov oilasida ham shundaymi yoki yo‘qmi, Eldorning o‘zidan va katta akasi Sanjardan so‘rab, darhol "ha" degan javob oldim.
Uning dadasi xotirjam odam. Biz bir qatorda o‘tirdik va men uning maydonda sodir bo‘layotgan voqealarga, jumladan, o‘g‘li bilan qanday munosabatda bo‘lishini kuzatish imkoniga ega bo‘ldim. Eldor shikastlanganida va jarohati qay darajada ekanligi hali noaniq bo‘lganida, otasining yuzida biron o‘zgarish sezmadim. U tovush chiqarmadi va zo‘riqish bilan maydonga tikilib qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?