22:53 / 20.08.2017
7 131

NASA Mars sayyorasini kislorod bilan ta’minlash yo‘lini topdi

NASA Mars sayyorasini kislorod bilan ta’minlash yo‘lini topdi
NASA olimlarining navbatdagi tadqiqotlari qizil sayyorani kislorod bilan ta’minlash masalasiga bag‘ishlandi. Buning uchun ular Marsga mikroblar, dengiz o‘tlari yuborishadi. Mikroblarni maxsus robot o‘zi bilan olib ketadi va sayyoraning ustki qismiga tashlaydi. Mikroblar Mars tuprog‘iga aralashgach, o‘zi uchun foydali moddalarni izlab topadi va shundan so‘ng bu tuproq uchun zararli bo‘lgan kislorod ishlab chiqara boshlaydi.

Ko‘ribsizki, kislorod qizil sayyora tuprog‘i tarkibidagi barcha zararli moddalarni o‘ldiradi. Bu Marsda bemalol tirik jonzotlar yashayverishi uchun imkon tug‘diradi. Bakteriyalar kisloroddan tashqari raketa yoqilg‘isini ham tarqatadi. Bu yoqilg‘i Erga qaytib tushish uchun asqotadi.

Olimlar bu missiyani 2020 yili amalga oshirishni rejalashtirishgan.
Eslatib o‘tamiz, agar Erda kislorod miqdori 21 foizni tashkil etsa, Marsda bu miqdor 13 foizgagina teng. Bu bilan sayyorada yashab bo‘lmaydi albatta.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » NASA Mars sayyorasini kislorod bilan ta’minlash yo‘lini topdi